O‘rnatish yo‘riqnomasi
Windows kompyuteringizga o‘rnatamiz
Boshidan oxirigacha 10 daqiqa. Dasturchi bo‘lish shart emas — quyidagi 8 qadamni ketma-ket bajarasiz, xolos.
Dasturni yuklab olish
Python, sun’iy intellekt modeli va barcha kutubxonalar o‘rnatuvchi ichida. Internet faqat yuklab olish uchun kerak.
Dastur hozir yakuniy sinovdan o‘tmoqda. Raqamingizni qoldiring — tayyor bo‘lgan kuni yuboramiz.
Fayl nomi: Chaqimchi_AI_Setup.exe. Boshqa nomdagi fayl
(masalan .zip) tushsa — siz manba kodini yuklab olgansiz,
u o‘rnatilmaydi.
-
Faylni saqlang
Chrome ba’zan “Bu faylni kam odam yuklaydi” (This file isn’t commonly downloaded) deb ogohlantiradi.
Yuklamalar ro‘yxatida fayl yonidagi ⋮ tugmasini bosing → Saqlash (Keep).
-
“Windows kompyuteringizni himoya qildi” oynasi
Faylni ishga tushirganingizda ko‘k oyna chiqadi: “Windows protected your PC”.
Qo‘shimcha ma’lumot (More info) ni bosing → pastda Baribir ishga tushirish (Run anyway) paydo bo‘ladi, shuni bosing.
Nega chiqadi? Dasturimiz yangi va hali Microsoft raqamli sertifikati olinmagan. Bu virus haqidagi ogohlantirish emas — Windows shunchaki dasturni tanimaydi. Faylni faqat shu rasmiy saytdan yuklab oling.
-
Ruxsat bering
Windows so‘raydi: “Bu ilova qurilmangizga o‘zgartirish kiritishiga ruxsat berasizmi?” (Do you want to allow this app to make changes?)
Ha (Yes) ni bosing.
Bu ruxsat dasturni
Program Filesga o‘rnatish va kompyuter yonganda avtomatik ishga tushirish uchun kerak. -
Keyingi → Keyingi → O‘rnatish
O‘rnatuvchi oynasi o‘zbek tilida ochiladi.
Ikkala katakni belgilangan holda qoldiring:
☑ Ish stoliga yorliq · ☑ Kompyuter yonganda avtomatik ishga tushsinAvtomatik ishga tushish muhim: do‘kon kompyuteri kechqurun o‘chirilib ertalab yoqiladi. Usiz nazorat jimgina to‘xtab qoladi.
-
Sozlash oynasi ochiladi
O‘rnatish tugagach brauzer o‘zi ochiladi va sozlash ustasi ko‘rinadi.
Ochilmasa brauzerni qo‘lda oching va manzilga yozing:
http://localhost:8760 -
Kamerani ulang
Dastur avval tarmoqni o‘zi qidiradi. Topilmasa qo‘lda kiritasiz: NVR yoki kamera IP manzili, foydalanuvchi nomi va parol.
“Tasvirni tekshirish” tugmasini bosing — kameradan haqiqiy rasm kelishi kerak. Rasm kelmasa saqlamang, avval quyidagi “Nima ishlamayapti?” bo‘limini o‘qing.
NVR’da Chaqimchi uchun alohida foydalanuvchi yarating va unga faqat ko‘rish huquqini bering. Parol shu kompyuterdan chiqmaydi.
-
Kirish chizig‘ini chizing
Kamera tasviri ustida eshik oldidan o‘tuvchi chiziq tortasiz — ikki nuqtani bosasiz.
Yashil o‘q do‘kon ichkarisini ko‘rsatishi kerak. Teskari bo‘lsa “Yo‘nalishni almashtirish” tugmasini bosing.
Chiziqsiz hech narsa sanalmaydi. Tizim aynan shu chiziqni kesib o‘tgan odamlarni hisoblaydi.
-
Ishga tushiring
Ish vaqtini va istasangiz Telegram botni kiritasiz, so‘ng “Saqlash va ishga tushirish”.
Panelda birinchi raqamlar 10–20 daqiqada paydo bo‘ladi — birinchi mijoz eshikdan kirganda.
Nima ishlamayapti?
Brauzer o‘zi ochilmadi
Brauzerni qo‘lda oching va manzil qatoriga
http://localhost:8760 deb yozing. Sahifa ochilmasa,
ish stolidagi Chaqimchi AI yorlig‘ini bosing va qora oyna
ochilib turganiga ishonch hosil qiling — u yopilsa dastur to‘xtaydi.
Kamera topilmadi yoki tasvir kelmadi
Tartib bilan tekshiring:
- Kompyuter va NVR bitta tarmoqdami (bir xil router yoki switch)?
- NVR sozlamalarida RTSP yoqilganmi? (Odatda: Network → Advanced → RTSP, port 554)
- Foydalanuvchi nomi va parol to‘g‘rimi? Parolda
@yoki/bo‘lsa ham ishlaydi — dastur uni o‘zi to‘g‘rilaydi. - Kamera H.265 berayaptimi? Chaqimchi H.264 substream bilan ishlaydi. NVR menyusida: Video → Stream Type → Sub Stream → H.264.
Baribir chiqmasa — @fibotai ga yozing, birga ulaymiz.
“Windows bu faylni bloklab qo‘ydi”
Bu 2-qadamdagi oyna. Qo‘shimcha ma’lumot (More info) → Baribir ishga tushirish (Run anyway). Agar oyna umuman chiqmay fayl o‘chib ketgan bo‘lsa, antivirus o‘chirgan bo‘lishi mumkin — yuklamalar papkasini tekshiring.
ZIP fayl tushdi, ichida faqat papkalar bor
Siz manba kodini yuklab olgansiz (GitHub’dagi “Download ZIP”).
U o‘rnatilmaydi — dasturchilar uchun. Tayyor dasturni shu sahifadagi
“Windows uchun yuklab olish” tugmasidan oling, fayl nomi
Chaqimchi_AI_Setup.exe bo‘ladi.
Dasturni qanday o‘chiraman?
Boshqaruv paneli → Dasturlar → Chaqimchi AI → O‘chirish. Sozlamalaringizni saqlashni so‘raydi: Yo‘q desangiz kamera sozlamalari qoladi va qayta o‘rnatganda hammasi joyida bo‘ladi.
Linux / Ubuntu Server
Bu yo‘l texnik mutaxassislar uchun: mini-PC yoki serverga
systemd xizmati sifatida o‘rnatiladi va cloudga pairing
kod bilan ulanadi.
Pairing kodni kiriting.