Hamkorlik

Kamera ustalari uchun — Chaqimchi AI hamkori bo'ling

Nima taklif qilamiz

Siz do'konlarga kamera va NVR o'rnatasiz — biz o'sha kameralarni «aqlli» qilamiz: kirdi-chiqdi hisobi, navbat nazorati, xavfsizlik ogohlantirishlari, Telegram hisobotlar. Mijozingizga qo'shimcha qiymat, sizga qo'shimcha daromad.

Qanday ishlaydi

1. Hamkor panelida ro'yxatdan o'tasiz. 2. Obyekt ochib, bir martalik ulanish kodi olasiz. 3. Do'kondagi Windows kompyuterga dasturni o'rnatasiz — kod bilan o'zi ulanadi. 4. Kamera va chiziqlarni panelda sozlaysiz. Butun jarayon odatda 30–60 daqiqa.

Sizga nima kerak bo'ladi

Do'konda ishlaydigan Windows 10/11 kompyuter (oddiy ofis kompyuteri yetadi), NVR yoki IP kameralar (Hikvision, Dahua va boshqalar — ONVIF/RTSP), internet. Texnik yo'riqnomalar tayyor, muammoda to'g'ridan-to'g'ri biz bilan bog'lanasiz.

Boshlash

Hamkor panelida ro'yxatdan o'tish

Savollar bo'lsa: aloqa sahifasi. Xodim davomati (yuz orqali) yoqiladigan obyektlar uchun rozilik shablonini chop etib olib boring.